Muborak tuman11-sonBolalar musiqa va san’at maktabi

Muassasaning maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.

Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi

Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanib, uning asosiy faoliyati bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, o‘nib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, o‘quvchilarning milliy va jahon musiqalari hamda tasviriy san’atning yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

0 +

Yillik katta malaka va tajriba

Musiqa va san’at maktabi

150 o’ringa mo’ljallangan bo’lib 2012-yil 2 milliard 105 millionga budjed mablag’lari hisobidan bino qurilib foydalanishga topshirilgan

photo_2025-03-13_11-02-00
photo_2025-03-13_11-01-31
Bizning faoliyatimiz

Muborak tuman 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi. San’at yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.

0 +
O'quvchilar

o‘quvchilarning ma’naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish

0 +
O'qituvchilar

o‘quvchilarning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish

F. Achilova

Maktab direktori

Musiqa va san’at

Respublika Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022 sonli, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari  to‘g‘risida ”gi PQ-3391 sonli hamda 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at soxasini innovatsion rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3920 sonli  qarorlari ijrosin ta’minlash maqsadida maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar tarkibidan maqomchilar ansambli tashkil etilgan bo‘lib, ular tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan turli xil tadbir, ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Mutaxassisliklar

Musiqa yo'nalishi

Fortepiano

Fortepiano

Qabul yoshi- 7-9 yosh O'qish muddati- 7yil

Torli cholg‘ular

Torli cholg‘ular

Qabul yoshi- 7-9 yosh O'qish muddati- 7yil

Xalq cholg‘ulari

Xalq cholg‘ulari

Qabul yoshi- 9-11 yosh O'qish muddati- 5yil

Estrada xonandaligi

Estrada xonandaligi

Qabul yoshi- 9-11 yosh O'qish muddati- 5yil

Akademik xonandalik

An’anaviy xonandalik

An’anaviy xonandalik

Qabul yoshi- 9-11 yosh O'qish muddati- 5yil

Ta'lim yo'nalishi

San’at yo‘nalishi

Tasviriy san'at

Amaliy san’at

Teatr san’ati

Xoreografiya

Bizning

Maktabimiz

Respublika Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 – 2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” gi PQ-2435–sonli qarorining joylardagi ijrosi yuzasidan maktabda anchagina amaliy ishlar qilindi.

Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.

Ijodkorlar vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini betakror so’z, ohang va ranglarda tarannum etishni o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladilar!

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Maktabda

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish

Ta’lim jarayonining maqsadi bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san’atning boshqa turlarini chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy san’at sohalarida jahon buyuk merosini o‘rganib bilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Ta’lim jarayonining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • o‘quvchilarga o‘zlarining maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishda yordam berish;
  • har bir o‘quvchining bilim darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
  • o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish;
  • o‘quvchilarni o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunarning boshlang‘ich sirlarini egallashlarida ota-onalarga uslubiy ko‘maklashish;
  • o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratish;
  • maktabdan tashqari ta’lim sifatini yanada oshirish;

Pedagog xodimlar

Muassasada tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.

O‘qituvchi lavozimiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar (joylarda oliy ma’lumotli va yuqori malakaga ega bo‘lgan pedagoglar yetishmasligini hisobga olib, istisno tariqasida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar) muassasa direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Maktabimizning

So'nggi yangiliklari