Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy musiqa merosimizni asrab-avaylash, yangi sharoitlarda rivojlantirish va ulardan xalqimizni bahramand qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish; vokal ijrochiligi va musiqa san’ati bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiyijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli islohatlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik davri o‘zbek akademik xonandalik janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi. Jahon mumtoz adabiyoti N.Zokirovning “Shekspir” tragediyalari asosida yaratilgan “Hamlet” va “Makbet” operadiologiyasi bilan boyitildi. Hozirgi zamon ijtimoiy muammolarini o‘zida aks ettirgan N.Zokirovning “Muxtoriyat”, O.Abdullayevaning “Vafo”, F.Yanov Yanovskiyning “Orkestr” operalari dunyo yuzini ko‘rdi. Tarixiy shaxslar siymolarini o‘zida aks ettirgan M.Bafoyevning “Al-Farg‘oniy” va falsafiy mavzular bo‘yicha yaratilgan I.Akbarovning “Ibtido xatosi” oratoriyasi opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urg‘u milliy hamda umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni tarannum etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda o‘zbek kompozitorlari opera asarlarida o‘zbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik an’analarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bog‘lashga ahamiyat berdilar. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, oliy musiqiy-pedagogik ta’limning mazmuni va metodikasini keng tahlil qilgan holda, Yevropa va O‘zbek musiqa maktablarida yaratilgan musiqiy asarlar uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Musiqiy ta’limning sifati va samaradorligini taminlash hamda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida akademik ijrochilik san’ati qo‘llanilishi lozim. O‘zbekistonda akademik xonandalik janrini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan opera xonandalaridan K. Zokirov, N. Ahmedova, H. Nosirova, S. Yarashev, Ye.Yuldoshev, S. Qobulovalarning ijrolari, hozirgi kunda esa, I.T. Jalilov, M.Q. Razzoqovalarning akademik faoliyatlari orqali yosh kelajak avlod akademik xonandalik ijrosi sir asrorlarini shijoat bilan o‘rganib kelmoqda.





O’zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni yuborishingiz mumkun. Murojaatlar tez orada ko’rib chiqiladi va albatta javob beriladi.
Veb saytdan materiallar olib foydalanilganda veb sayt nomi (manzili bilan birga) ko’rsatib o’tilishi shart.
Manzil; Qashqadaryo viloyati Muborak tuman Bobur MFY , Saxro ko`chasi 1-uy
Copyright © 2022. All rights reserved.