Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar
O’zbek musiqa san’atida an’anaviy xonandalik, o’z sohasi va yo’nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Mumtoz musiqa san’atimiz orasida o’zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida aks ettirgan an’anaviy yo’nalish o’zining barcha xususiyati, salohiyati bilan namuna bo’lib kelmoqda. Mumtoz musiqa xonandaligida, o’zbek xalqining eng go’zal urf- odatlari, milliy ruhiyati bilan bog’liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma’naviyati namoyon bo’lgan. Shu bois, xonandalik an’anasida mumtoz ashula ijrochilik yo’nalishlari va uslublari shakllanib borgan. Buni an’anaviy xonandalik san’ati yo’nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi. Milliy mumtoz ashulachilik an’analari esa o’zbek an’anaviy xonandalik san’atining asosi bo’lib rivojlandi. Har qanday sohani o’rganish, shu yo’nalishda izlanishlar olib borish, ilm qilish va eng asosiysi ushbu sohada ustoz sifatida bilim berib shogirdlar chiqarishdek ma’suliyatni bo’ynimizga olgan ekanmiz biz avvalo shu sohaning sir sinoatini, uning kelib chiqishi tarixini, kechagi hamda bugungi kundagi holati haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz shart. Qachon va qayerda vujudga kelgan rivojlanish davrlari haqida ma’lumotlarni bosqichma bosqich o’qib o’rganib boramiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda havaskor va professional yakka xonandalik uzviy rivojlanib bormoqda. Ayni paytda, professional yakka xonandalikni rivojlantirib borish taqozo etiladi. Chunki jahon xalqlarining hozirgi rivojlanib borish jarayoni har bir soha qatorida musiqa san’ati yo’nalishlarini taraqqiy ettirishda professionalizm omiliga asosiy e’tibomi qaratmoqda. An’anaviy xonandalikning maqsadlaridan yana biri Respublikamiz badiiy jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o’zbek xalq qo’shiqlari hamda “Shashamaqom” haqida ma’lumotlar berish bilan birga, yaratilish tarixi, ijro diapazoni, ovozni ishlatish, dinamik belgilar, xonandaning ijro holati, asarlardagi o’lchovlar, usullar, kuylarning shaklan tuzilishi, ijro texnikasi, o’rganilayotgan asarlarning mualliflari haqida ma’lumotlar va zarur ko’rsatmalar beriladi. O’zbek milliy musiqa merosi o’zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiqdir. An’anaviy xonandalik yo’nalishida bilim berish boshqa sohalarga nisbatan anchayin murakkab va uzoq vaqt talab etadi. Ushbu soha ustoz — shogird an’analari hamda asriy davom etayotgan ijro an’analariga taqlidni ham talab qiladi. Umuman olganda ta’lim berish jarayoni hech qachon onson kechmagan ham. Bugungi kun zamonaviy yondashuvda kompetensiya tushunchasi keng tarqalib har bir sohaning o’z kompetentligi mavjud.





O’zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni yuborishingiz mumkun. Murojaatlar tez orada ko’rib chiqiladi va albatta javob beriladi.
Veb saytdan materiallar olib foydalanilganda veb sayt nomi (manzili bilan birga) ko’rsatib o’tilishi shart.
Manzil; Qashqadaryo viloyati Muborak tuman Bobur MFY , Saxro ko`chasi 1-uy
Copyright © 2022. All rights reserved.