Xoreografiya

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar

Xoreografiya

Bolalar xoreografiyasi — bolaning ham jismonan, ham ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradi. Xoreografiya mashg‘ulotlari bolalarda ritm tuyg‘usini, o‘ziga ishonchni rivojlantiradi. Amaliy mashg‘ulotlarni muntazam ravishda bajarish natijasida bola sahnada o‘zini tutishni, musiqiy tasvirlarga muvofiq harakat qilishni o‘rganishga, shuningdek, chidamlilik, gavdani to‘g‘ri tutish, qattiq mehnat va intizomni o‘rganadi. Bolalar raqsga tushishdan zavqlanishadi. Yoqimli musiqa, raqsga tushish uchun kiyim, raqs harakatlarini bajarish, tengdoshlar bilan muloqot qilish — bularning barchasi bolaning diqqatini jamlaydi, e’tiborini tortadi va unga ijobiy his-tuyg‘ularni beradi va shu bilan uning aqliy rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Xoreografiya yosh bolalarga o‘z tanasini boshqarishni o‘rganishga yordam beradi. Dars mashg‘ulotlarida bolalar musiqa ritmini his qilishni, oddiy raqs harakatlarini bajarishni o‘rganadilar. Xoreografiya mashg‘ulotlari bolaning tanasi uchun xavfsizdir. Bunday mashg‘ulotlar bolalarning sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qator muhim afzalliklarga ham egadir. Qolaversa, Xoreografiya mashg‘ulotlari chiroyli, to‘g‘ri holatni rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini tekislash va mustahkamlashga ham yordam beradi. Bundan tashqari, xoreografiya darslari o‘quvchilarning mushaklari va bo‘g‘imlariga sezilarli ta’sir qiladi.

Bolalarning qobiliyatlarini bolalikdan rivojlantirishni boshlash orqali hayot uchun moslashuvchanlik va plastiklikni saqlab qolish mumkin. Shu o‘rinda bolalar uchun xoreografiya bolaning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qiladi? degan savol tug‘iladi. Bolalar uchun xoreografiya darslari bolaning sog‘lig‘iga eng ijobiy tarzda ta’sir qilishi bugungi kunda fanda isbotlangan. Ko‘pgina ota-onalar farzandlarini bizga ortoped yo‘nalishi bo‘yicha olib kelishadi. Bolasining umirtqa pag‘onasi qiyshayganligini yoki oyog‘ida muamma borligini aytadi. Biz bunday bolalar bilan shug‘illanish jarayonida boladagi o‘zgarishni sezamiz. Bolaning kayfiyati ko‘tariladi, o‘z ustida ishlay boshlaydi, o‘ziga ishonchi ortadi, atrofdagilariga munosabati ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2020-yil 4-fevralda “Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (PQ–4585-sonli) qarorining qabul qilinishi malakatimizda raqs san’atiga alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin belgisi bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga aylantirildi. Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktabinternatlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali “O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyati” fani o‘qituvchisi Pirmagambetova Mariya Turganbayevna

O’qish davomiligi

Foto galeriya

Biz bilan bog'lanish

Savollar bormi?

O’zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni yuborishingiz mumkun. Murojaatlar tez orada ko’rib chiqiladi va albatta javob beriladi.