Biz haqimizda

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi

photo_2025-03-12_21-04-54
photo_2025-03-13_11-11-02
Bizning

Bolalar musiqa va san’at maktabi

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanib, uning asosiy faoliyati bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, o‘nib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, o‘quvchilarning milliy va jahon musiqalari hamda tasviriy san’atning yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Maktab 150 o’ringa mo’ljallangan bo’lib 2012-yil 2 milliard 105 millionga budjed mablag’lari hisobidan bino qurilgan va o’quvchilar ta’lim olishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan

Ma’muriyat

0 +
O'quvchilar
0 +
Yillik tajriba
0 +
Yutuqlarimiz
0 +
O'qituvchilar

Ta'lim

Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi. San’at yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati

Ustozlar va o'quvchilar

Ta’lim muassasasida xozirgi kunda pedagog kadrlar soni: 40 nafar shundan oliy ma’lumotli: 16 nafar, o‘rta maxsus: 24 nafarni tashkil etadi. Maktabda xozirgi kunda jami 266 nafar o’quvchilar taxsil olmoqdalar. Musiqa yo’nalishida: 163 nafar o’g’il va qizlarimiz. San’at yo’nalishida 103 nafar o’g’il va qizlarimiz.

Bizning

O'qituvchilar

Maktabda tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishadi

Achilova Fotima

Direktor

Allayev Gʻayrat

Direktor o'rinbosari

Sharipova Yulduz

Xareografiya o'qituvchisi

Bolalar musiqa va san’at maktabining maqsadi

Muassasaning maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.

Maktabimizning

So'nggi yangiliklari