Amaliy san’at

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar

Amaliy san’at

Amaliy bezak sanʼati – bezak sanʼati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy meh-nat sohalarini oʻz ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga taʼsir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼat da estetik taʼsirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning taʼ-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Taʼsirchan mazmunli shakllar koʻpincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil boʻlayotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli taʼsir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi.

O’qish davomiligi

Foto galeriya

Biz bilan bog'lanish

Savollar bormi?

O’zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni yuborishingiz mumkun. Murojaatlar tez orada ko’rib chiqiladi va albatta javob beriladi.