#15_aprel_Madaniya_va_sanat_xodimlari_kuni!»

🏢 Muborak tuman 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi 15-aprel «Madaniyat va san’at xodimlari kuni» munosabati bilan barchangizni sanʼat va madaniyat xodimlari kuni bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi.
#Amir_Temur_690

Bugun 2026-yilning 9-aprel sanasida Muborak tuman 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan barchaga xushkayfiyat ulashish va buyuk sarkarda davlat arbobi hamda ilm- fan homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludini munosib nishonlash maqsadida kun davomida «Sohibqiron avlodlarimiz» mavzusida mavzuga oid kuy va qoʻshiqlar gala konserti tashkil etildi […]
Amir Temur

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va san’at maktabida Amir Temur burchagi tashkil etilishi jarayonidаn foto lavhalar.
Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!

Muborak tumanida «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!» shiori ostida Navro‘z bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastlab, tadbirni tuman hokimi G‘olib Murodov kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha tumandoshlarimizni bayram bilan samimiy tabrikladi. Bayramda taniqli xonanda Osman Navro‘zov, Shaxnoza Otaboyeva hamda tuman madaniyat boʻlimi va tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi sevimli yosh ijodkorlari ishtirok etib, […]
KOʻRGAZMA

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 18-mart kuni tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi oʻquvchilarining » Ranglarda qadriyatlarim» mavzusidagi namunali koʻrgazmasi tashkil etildi.Ushbu koʻrgazma jarayonidan foto lavhalar.
Tadbirkor — elga madadkor

Muborak tumanidagi Bobur mahallasida 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun “Tadbirkor — elga madadkor” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishida ko‘maklashish maqsadida mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, turli tadbirkorlik yo‘nalishlarida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbir […]
🪕🪈🪗TEXNI SINOV 2-SMENA

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 12-mart kuni fortepiano, xalq cholgʻulari va anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi boʻlimi oʻquvchilarinig III-chorak texnik sinov imtihonlari boʻlib oʻtdi. 2-smena imtihon jarayonlaridan foto lavhalar.
🪗🪕🪈TEXNIK SINOV 1-SMENA.

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 12-mart kuni fortepiano,xalq cholgʻulari va anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi boʻlimi oʻquvchilarinig texnik sinov imtihonlari boʻlib oʻtdi.Imtihon 1-smenasi jarayonlaridan foto lavhalar.
💐💐💐 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI💐💐💐

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 7-mart kuni 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda kuy-qoʻshiqlar bilan birgalikda xotin-qizlarga maktab maʼmuriyati tomonidan sovgʻalar ulashildi.
👯 OCHIQ DARS 👯

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida fan oyliklari reja grafigi asosida joriy 2026-yil 6- mart kuni xoreografiya sinfi oʻqituvchisi Sharipova Yulduzning mutaxassislik fanidan bir soatlik ochiq dars jarayoni tashkil etildi. Ushbu ochiq dars jarayonidan foto lavhalar.
