Muborak tumanida «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!» shiori ostida Navro‘z bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tadbirni tuman hokimi G‘olib Murodov kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha tumandoshlarimizni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Bayramda taniqli xonanda Osman Navro‘zov, Shaxnoza Otaboyeva hamda tuman madaniyat boʻlimi va tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi sevimli yosh ijodkorlari ishtirok etib, o‘zlarining dilbar taronalari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishdi.
Navro‘z bayrami — yangilanish va bahor faslining boshlanishi sifatida xalqimiz uchun aziz sanaladi. Ushbu bayram qadriyatlarimizni e’zozlash, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.


