Xalq cholg‘ulari mutaxassisligi

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar

Xalq cholg‘ulari mutaxassisligi

Xalq cholgʻulari orkestri — orkestr turi; koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (masalan, faqat torlichertma) cholgʻulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholgʻular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholgʻu ansambllar tarkibida oiladosh cholgʻular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yoʻllarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Oʻzbekistonda birinchi Xalq cholgʻulari orkestrio. 1937-yilda N. Mironov tashkil etgan «Nota orkestri»dir. Mazkur jamoa Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi anʼanaviy xalq cholgʻulari, fortepiano, truba, trombondan iborat boʻlib, repertuaridan qayta ishlangan «Qarinavo», «Segoh» kabi oʻzbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari oʻrin olgan.

O’qish davomiligi

Foto galeriya

Biz bilan bog'lanish

Savollar bormi?

O’zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni yuborishingiz mumkun. Murojaatlar tez orada ko’rib chiqiladi va albatta javob beriladi.