Ustoz saboqlari

Yangiliklar

2026-yil 25-aprel kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi xalq cholgʻulari boʻlimi akkordeon mutaxassisligi oliy toifali yetakchi oʻqituvchi Venera Pavlovna Iichenko hamda boʻlim afgʻon rubobi sinfi 10-sinf oʻquvchisi Oʻroqova Shirina,doira sinfi oʻquvchisi Eshqobilov Sarvar, Qashqar rubobi sinfi oʻquvchisi Botirjonov Akobirlar Muborak tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurib «Ustoz saboqlari» mahorat darslari oʻtib berishdi. Tashrif davomida Venera Pavlovna boshchiligida maktabning konsertlar zalida konsert dasturini namoyish etishdi hamda kelgusida ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borishdi.

Teglar :
Ulashish :