«Sanʼat nihollari» xalqaro ko‘rik tanlovi

Yangiliklar

joriy yilning 15-17 fevral kunlari «Sanʼat nihollari» xalqaro ko‘rik tanlovida Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan: Arslanov Dmitriy Alisher o‘g‘li 6-9 yosh toifasida ishtirok etib fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ⭐️1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi Ravshanova Ismigul. Yana Arslanov Dmitriy 6-9 yosh toifasida akademik xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ✨3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.O‘qituvchi Bozorov Eldor (@@Eʼtibor qiling Dmitriy ikkita yo‘nalishdan natija ko‘rsatdi@@) . Shu bilan birga anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi ikkinchi sinf o‘quvchisi Ortiqboyev Saidbek 10-14 yosh toifasida ishtirok etib faxrli 🌟1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi Xo‘jageldiyev Sayyod.
Tanlov g‘oliblari va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz va ijodiy zafarlar tilaymiz.

Teglar :
Ulashish :