Iqtidor” maktab ansambli tanlovi

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tumanida “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎶 Joriy yilning 24-aprel sanasida Muborak tumani 11-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan ushbu tanlovda 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat, 5–8 nafarlik jamoalar o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆 Tanlov yakunida eng munosib deb topilgan g‘olib jamoalar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
🌟 Yosh iste’dodlarga omad va zafarlar tilaymiz!

Teglar :
Ulashish :