«FAXRIMIZ KASBIMIZ» shiori ostida

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil 7-iyundagi O‘RQ 694-sonli qonuni bilan 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni deb belgilandi.Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasining 2025-yil 9-apreldagi 01/05-664 -sonli xatiga muvofiq bugun 14-aprel kuni Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertlar zalida 15-aprel madaniyat va sanʼat xodimlari kuniga bag‘ishlangan «FAXRIMIZ KASBIMIZ» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ko‘nglini xushnud etdi. Tadbir so‘ngida direktor F. B. Achilova boshchiligida maktab maʼmuriyati tomonidan barcha xodimlarga esdalik sovg‘alari ulashildi. Ushbu tadbir jarayonidan foto lavhalar.

 

 

Teglar :
Ulashish :