19-aprel kuni maqom ansambli darsi jarayonidan video lavha.

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi «Qarliq filiali» anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi o‘quvchilarining joriy yilning 19-aprel kuni maqom ansambli darsi jarayonidan video lavha. Juda ajoyib ijro 👍👍👍👍.

SINF KONSERTI

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertlar zalida «Anʼanaviy xonandalik» yo‘nalishi fan haftaligi munosabati bilan joriy yilning 18-aprel kuni bo‘lim o‘quvchilarining sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Konsertda anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi, fortepiano yo‘nalishi o‘quvchilarining ajoyib kuy qo‘shiqlari tinglandi. Ushbu konsert jarayonidan foto lavhalar.

«FAXRIMIZ KASBIMIZ «deb nomlangan tadbirdan video rolik.

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuniga bag‘ishlangan»FAXRIMIZ KASBIMIZ «deb nomlangan tadbirdan video rolik.

«FAXRIMIZ KASBIMIZ» shiori ostida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil 7-iyundagi O‘RQ 694-sonli qonuni bilan 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni deb belgilandi.Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasining 2025-yil 9-apreldagi 01/05-664 -sonli xatiga muvofiq bugun 14-aprel kuni Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertlar zalida 15-aprel madaniyat va sanʼat xodimlari kuniga bag‘ishlangan «FAXRIMIZ KASBIMIZ» shiori […]

Anʼanaviy dars mashg‘uloti

Joriy yilning 29-mart kuni Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida amaliy sanʼat, anʼanaviy xonandalik, anʼanaviy cholg‘u ijrochiligi dutor sinflarida bo‘lib o‘tayotgan anʼanaviy dars mashg‘ulotlaridan foto lavhalar.

TANLOV G‘OLIBLARI

Joriy yilning 25-27 mart kunlari Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan «Buxoro sadolari» respublika yosh ijodkorlar ko‘rik tanlovida Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi Qarliq filiali anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi 2- sinf»Qarliq quyoshi» maqom ansambli sinfi o‘quvchilari ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi.

TANLOV G‘OLIBLARI

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi»Qarliq filiali» estrada xonandalik bo‘limi 2-sinf o‘quvchisi Turg‘unova Shabnam Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan «Buxoro sadolari» respublika yosh ijodkorlar ko‘rik tanlovida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi. Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi 1-sinf o‘quvchisi […]

Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Joriy yilning 7-mart kuni Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertlar zalida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan » Sen baribir muqaddassan ayol» deb nomlangan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertda barcha yo‘nalish o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etib o‘z kuy qo‘shiqlarini tomoshabinlar ko‘nglini xushnud etdi. Tadbir jarayonidan foto lavhalar.

«Sanʼat nihollari» xalqaro ko‘rik tanlovi

joriy yilning 15-17 fevral kunlari «Sanʼat nihollari» xalqaro ko‘rik tanlovida Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan: Arslanov Dmitriy Alisher o‘g‘li 6-9 yosh toifasida ishtirok etib fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ⭐️1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi Ravshanova Ismigul. Yana Arslanov Dmitriy 6-9 yosh toifasida akademik xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha […]

OCHIQ DARS

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 25-fevral kuni anʼanaviy cholg‘u bo‘limi dutor sinfi o‘qituvchisi Xonqulova Sabinaning reja asosida bir soatlik ochiq darsi tahlil qilindi.Ochiq darsda bo‘lim boshliqlari va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ushbu ochiq dars jarayonidan foto lavhalar.