Ajdodlar xotirasiga hurmat — xalqimizga xos yuksak qadriyat

Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Muborak tumanidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yurt ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan tantanali xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, prokuratura, soliq inspeksiyasi, harbiylar, Yoshlar agentligi hamda qator tashkilot va muassasalar vakillari tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yilib urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.Tadbirda tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilar jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Teglar :
Ulashish :