Mustaqillik Bayrami

Yangiliklar

🕊🕊🕊Joriy yilning 23-avgust kuni tuman markazidagi Mashʼal o‘yingohida jonajon yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan » Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun «shiori ostida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Dastlab tadbirni Muborak tuman hokimi G‘olib Murodov o‘zining ezgu tilak va tabriklari bilan ochib berdi. Shundan so‘ng tuman madaniyat bo‘limi xodimlari hamda tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilar jamoasi shu bilan birga tumanimiz taniqli sanʼat ustasi Abdulla O‘rinov o‘z chiqishlari bilan tumonat tomoshabinlarning bayramona kayfiyatiga zavq bag‘ishladi.
Bayram dasturi mehmoni taniqli sanʼatkor Jahongir Foziljonov tomonidan diltortar taronalar yangradi. Tadbir juda ko‘taringki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Teglar :
Ulashish :