Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi bolalar musiqa va san`at maktablarining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e`lon qilinganligini ma`lum qilamiz.
1. Kitob tumani 10-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
2. Nishon tumani 12-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
3. Nishon tumani 13-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
4. Shahrisabz tumani 17-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
5. Kasbi tumani 25-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
6. Ko`kdala tumani 26-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori.
Direktorlik lavozimiga talab etiladigan malaka talablari quyidagilardan iborat.
Madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (magistratura darajasi ustunlik beradi), Rahbarlik yoki unga tenglashtirilgan lavozimlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, chet tillarini bilishi ustunlik beradi. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi, Ijro intizomini va ijro dasturlarida ishlashni bilishi, Ofis (Word, Excel) dasturlarida ishlay olishi, Davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko’ra belgilangan tartibda bo’shatilmagan bo’lishi lozim.
Taqdim etiladigan xujjatlar:
— Ma`lumotnoma (ob`yektivka)
— Tegishliligi bo`yicha diplom
— Pasport nusxasi
— Tavsifnoma
— 3×4 hajmdagi fotosurat
Hujjatlarni 2025-yil 23-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar Viloyat madaniyat boshqarmasi ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limiga taqdim etishingiz so`raladi.
Bog`lanish uchun tel raqamlar: +998 99 386 72 77

