Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Bugun, 2026-yil 9-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, Qashqadaryo viloyati...
Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi haqida umumiy ma’lumotlar
Muassasada o‘quv-tarbiya ishlari vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonining maqsadi bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san’atning boshqa turlarini chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy san’at sohalarida jahon buyuk merosini o‘rganib bilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
maktabdan tashqari ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash.
o‘quv yilining davomiyligi - 34 hafta;
o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun;
dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi - 5 daqiqa etib belgilanadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni
deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - 1 iyundan boshlab 2 sentabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Choraklar oralig‘idagi ta’tillar davrida pedagog xodimlar tomonidan o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning bilim saviyasini tahlil qilish va ular bilan qo‘shimcha ishlash, ularga maslahatlar berish, ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida musiqa va san’atning inson ma’naviy va madaniy saviyasini oshirishdagi o‘rnini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida tadbirlar tashkil etish, o‘quvchilar uchun shaxsiy va taqvimiy ish rejalari tuzish kabi ishlar amalga oshiriladi.
1. O‘quvchining ota-onasi o‘z xohishi (arizasi)ga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki tugagandan so‘ng farzandini u ta’lim olayotgan bolalar musiqa va san’at maktabidan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega. O‘quvchi boshqa muassasaga faqatgina o‘zi ta’lim olib kelgan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
2.Ta’lim olayotgan muassasadan boshqasiga o‘tkazilgan o‘quvchilar tomonidan o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan muassasaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ta’lim olgan joyidan ma’lumotnoma; o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli; yakka tartibdagi ish rejasi (musiqa yo‘nalishlari uchun).
3.O‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish ta’limning faqatgina birinchi va ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi.
4.Bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazish muassasa direktorining buyrug‘iga asosan besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan o‘quvchilarning o‘qishini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga ko‘chirish komissiyasining (bundan buyon matnda ko‘chirish komissiyasi deb yuritiladi) qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ko‘chirish komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi. Direktor ko‘chirish komissiyasi raisi hisoblanadi. Ko‘chirish komissiyasi o‘quv yili davomida faoliyat yuritadi.
Yuqori sinflarda bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.Ko‘chirish komissiyasi tomonidan o‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazishda uning ta’lim olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.
6. Ko‘chirish komissiyasining qarori o‘quvchiga darhol e’lon qilinadi. Ko‘chirish komissiyasining qarori ijobiy bo‘lgan taqdirda, unga asosan direktor o‘quvchini tanlagan ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Bugun, 2026-yil 9-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, Qashqadaryo viloyati...
𝟐𝟎𝟐𝟔-𝐲𝐢𝐥 𝟐-𝐬𝐞𝐧𝐭𝐚𝐛𝐫 𝐤𝐮𝐧𝐢 𝟏𝟏-𝐬𝐨𝐧 𝐁𝐨𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐦𝐮𝐬𝐢𝐪𝐚 𝐯𝐚 𝐬𝐚𝐧ъ𝐚𝐭 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝟐𝟎𝟐𝟔–𝟐𝟎𝟐𝟕-𝐨‘𝐪𝐮𝐯 𝐲𝐢𝐥𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐦𝐮𝐧𝐨𝐬𝐚𝐛𝐚𝐭𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 “𝟏-𝐪𝐨‘𝐧𝐠‘𝐢𝐫𝐨𝐪” 𝐛𝐚𝐲𝐫𝐚𝐦 𝐭𝐚𝐝𝐛𝐢𝐫𝐢 𝐤𝐨‘𝐭𝐚𝐫𝐢𝐧𝐤𝐢...
Ayni vaqtda Muborak tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot...
Veb saytdan materiallar olib foydalanilganda veb sayt nomi (manzili bilan birga) ko’rsatib o’tilishi shart.
Manzil; Qashqadaryo viloyati Muborak tuman Bobur MFY , Saxro ko`chasi 1-uy
Copyright © 2022. All rights reserved.