Bugun, 2026-yil 9-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq To‘rayev Latipovichning viloyatimiz yosh ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ustozning ko‘p yillik sermahsul ijodiy faoliyati, teatr va kino san’atidagi yaratgan obrazlari hamda ijodiy ishlari, mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirgan gastrol safarlari, shuningdek, xorijiy davlatlarga qilgan ijodiy safarlari haqida qiziqarli va mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yosh ijodkorlar ustozning boy hayotiy va ijodiy tajribalaridan bahramand bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Bunday ijodiy uchrashuvlar yosh avlodning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga ustozlar tajribasini yetkazish va yangi ijodiy marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


