⚡️ “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” respublika tanlovida Qashqadaryo yoshlari munosib natija qayd etdi

Yangiliklar

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Nukus shahrida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” respublika tanlovida viloyatimizning yosh iste’dodlari opera, estrada, maqom va baxshichilik yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

📰 Tanlov natijalariga ko‘ra:
Opera yo‘nalishida Arslonov Dimitriy hamda Ismatov Farrux 1-o‘ringa sazovor bo‘lib, 50 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Qayumov Adizjon estrada yo‘nalishida, Boqiyeva Mohinur opera yo‘nalishida 2-o‘rinni egallab, 30 million so‘mdan mukofotga ega bo‘ldi.
Maqom yo‘nalishida Murtazayev Ziyodulla hamda baxshichilik yo‘nalishida Xolmurodov Zarif 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 20 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan barcha yosh ijodkorlarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi ijodiy faoliyatida yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

Teglar :
Ulashish :