Tadbirkor — elga madadkor

Yangiliklar

Muborak tumanidagi Bobur mahallasida 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun “Tadbirkor — elga madadkor” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishida ko‘maklashish maqsadida mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, turli tadbirkorlik yo‘nalishlarida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning taklif hamda murojaatlari tinglanib, ularning bandligini oshirishga qaratilgan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

Teglar :
Ulashish :