Qashqadaryo viloyatida amaliy o’quv seminari bo’lib o’tdi

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida amaliy o’quv seminari bo’lib o’tdi

🎙 Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentyabrdagi 456-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
“Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabida amaliy o’quv seminari bo’lib o’tdi.

✅Seminar davomida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijodkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning badiiy-estetik saviyasini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

⚡️ “Ijod maskani” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar hududlarda ijodiy muhitni mustahkamlashga, madaniyat xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Teglar :
Ulashish :