🎼 KONSERT DASTURI 🎼
Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 20-noyabr kuni»Xalq cholg‘ulari va anʼanaviy cholg‘u ijrochiligi bo‘lim fan oyligi «munosabati bilan bo‘lim konserti tashkil etildi. Konsertda bo‘lim mahoratli va talantli o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan asarlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Konsert so‘ngida tadbir ishtirokchilari maktab maʼmuriyati tomonidan diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ushbu konsert dasturi jarayonidan foto lavhalar.




